"Paxtakor" muhlislari.
Ha "Paxtakor" deganda 1956-yilda "Paxtakor" futbol klubi tashkil topishi, Sobiq SSSR oliy ligasida 1962-yili 6-o'ringa ko'tarilgani, muhlislarning gavjumligi va eng ayanchlisi 1979-yili "Paxtakor"chilar fojeaga uchragani hammamizni ko'z o'ngimizga kelishi shubhasiz. Lekin usha fojeadan so'ng "Paxtakor"chilar o'zlarini yoqotib qo'ygani yo'q, aksincha, ular irodalarini namoyish etishdi. To'gri asosiy tarkibdan ayrilgan "Paxtakor"chilar asosan o"rinbosarlarga tayangan holda o"yinlarni davom ettirishdi. Lekin jamoa oliy ligaga chiqish uchun 6 yil 1-ligada to'p surishga majbur b'oldi. Keyin esa 1992-yili O'zbekiston oliy ligasi tashkil qilindi. Unda jamoamiz munosib ishtirok etdi. Ammo "Paxtakor" muhlislari yildan yilga kamayishni boshladi. Hozirda "Paxtakor" markaziy stadioniga kelayotgan muhlislarning soni 7 mingga yetadi ko'pida albatta, kelishmasa 1,5 mingtaga tushib ham ketadi. Bunga joriy mavsumdagi 2-turni misol qilish mumkin.
"Paxtakor" - "Dinamo" 1-0 "Paxtakor" markaziy stadioni 1500 ming muhlis tashrif buyurgan. Afsuski 33000minga yaqin urindiqlar bosh qolib ketgan. Kechirasizlaru "Paxtakor" o'z uyida o"ynamoqdami yoki mehmondami? Ana endi huddi shu savolni o'zinggizga berib ko'ringlar. To'gri ayrim muhlislar aytayotgandir <biz "Paxtakor"ga muhlislik qilmayapmizmi>-deb. Yo'q men sizlarni muhlislik qilmayapti demoqchi emasman, men faqat jamoamizga bir necha soat vaqt ajratishingizni so'rayapman halos. U siz ham jamoamiz chempion bo'lish imkoniyati ancha tushib ketdi, endi esa chempionlik uchun jamoamiz o'z irodalarini yana bir bor namoyish etishiga to'g'ri keladi, bunda biz muhlislar ham jamoamizga chin dildan yordam berishimiz shart. Esingizlarda bo'lsa "Paxtakor" 2002-2004-yillari Osiyo chempionlar ligasi yarim finalchisiga aylangandi. Ha yarim final ajoyib natija emasmi? - To'gri yahshi natija, hozirda balkim "Paxtakor" Osiyo chempionlar ligasida g'olib bo'lish vaqti kegandir.
Agar biz muhlislar jamoamizga ozgina mehr bera olsak, oyinlarga uzluksiz kelib, chin dildan qo'llab-quvvatlasak jamoamiz chempion bo'lish uchun bor kuchlari bilan harakat qilishadi, ha muhlislari uchun harakat qilishadi va albatta chempionlikka erishadi. Bu yutuqqa erishishida jamoamizga biz muhlislar yordam beramiz. Men "Paxtakor" muhlislariga jamoamizga ishongandek ishonaman chunki ular jamoamiz singari irodali. Kelinglar hammamiz birgalikda harakat qilamiz Hudo hohlasa "Paxtakor" markaziy stadioni albatta muhlislar bilan tolib toshadi! Demak jamoamizni g'alabalarga erishishida o'z hissangizni qo'shishni hohlasangiz "Paxtakor"ni har bir o'yiniga tushib, stadionni to'ldirib (juda to'ldirib bo'masayam 10000 ta bo'lib) qo'llab quvatlang. Agar stadionga kirish muammo bo'ladigan bo'lasa (albatta moddiy tomondan), biz sizni majburlab stadionga sudirab bormaymiz. Lekin o'sha stadionga kirish uchun bor yo'g'i 1000 so'm pul qayerlarda qolib ketmaydi deysiz. Mana vodiylik muhlislarni
qaranglar. Har bir o'yinda stadionga muhlislar tashrifi kamida 10000 dan kamaymaydi. Biz toshkentlik muhlislar hech bo'lmasa ularning eng kam natijalarini qayd etaylik. Jamoamiz stadionida 2000 muhlisni ko'rgan futbolchilarimiz o'zlarini bor kuchlarini namoyish qila olishmaydi. Bu ularning ayblari emas, bu bizning aybimiz. Chunki o'sha futbolchilar muhlislar uchun o'ynashadi. Bu boshqa kim uchun ham kerak. Tasavvur qiling stadion bo'm-bo'sh. Futbolchilar ham aytishadi o'sha payt "biz o'zi kim uchun o'ynayapmiz"- deb. Sizlar javob berib ko'ringlar shu savolga. Aynan biz muhlislar futbolni jozibador qila oladigan maydondagi 12-o'yinchisimiz. Futbol jozibador o'yin. Lekin muhlislarsiz futbol jozibasiz futboldir. Siz futbolni qanday ko'rishda hohlaysiz jozibalisinimi yoki jozibasiz futbolnimi. Jozibasiz futbol kimga ham kerak? Futbolni jozibali o'tishini hohlasangiz jamoangizni stadiondan turib qo'llang. Salomat bo'ling!
Husnillo Qadyirov&D.Ne'matov
571


Pair of Vintage Old School Fru